Yangiliklar

2025-06-24

🚫Oqoltin tumanida OILAVIY BOG‘CHALARNING faoliyati tanqidiy o‘rganildi

topics-img

Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ismatov Bekzod Bazarbayevich hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo viloyat  boshqarmasi boshlig‘i Xasanov Jo‘rabek Xamraboevich Oqoltin tumanda 60 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tanqidiy tahliliy o‘rgandi.

⭕️Joriy yil davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan 10 ta xususiy  bog‘chalarda tekshirishlar o‘tkazilganda, bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar sanitariya holati  qoniqarsiz ekanligini alohida taʼkidladi.
 
❌10 ta xususiy bog‘chalarda tekshirishlar davomida sanitariya norma va me’yor qoidalariga amal qilmagan 8 nafar aybdor shaxslarga, 19 125 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilganligi,

 ❌mutaxassislari tomonidan sanitariya gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha bir necha bor o‘quv seminari o‘tkazilishiga qaramay, bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablarini buzilish holati qoniqarsiz ekanligi achinarlidir. 

Tekshirish o‘tkazilgan 10 ta xususiy bog‘chalardan 2 ta YATT S. G, YATT N. Mlarining ish faoliyati to‘xtatilgan

⛔️5 tasida ertalabki filtr o‘tkazilmagan
⛔️7 tasida profilaktik dezinfeksiya olib borilmagan
⛔️2 tasida bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan
⛔️ 4 tasida berilayotgan taomlardan kunlik sinama olinmaganligi, bolajonlar salomatligiga jiddiy xavf yaratishi jiddiy qonun buzilish holati ekanligi,  kelgusida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bunday kamchiliklarga qayta yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan ogohlantirishlar berildi....