Sog‘ligingiz o‘z qo‘lingizda!
🔴Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik jamoat salomatligi qo‘mitasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi jamoatchilikni quyidagilar haqida ogohlantiradi:
🦠 So‘nggi yillarda O‘zbekistonning turli hududlarida Qrim-Kongo gemorragik isitmasi (QKGI) aniqlanmoqda. Bu xavfli yuqumli kasallik asosan ixota (kanalar) orqali yuqadi va inson hayoti uchun jiddiy tahdid soladi.
⚠️ Qrim-Kongo gemorragik isitmasi qanday yuqadi?
➖Ixota (kanalar) chaqishi orqali;
➖Kasallik bilan kasallangan hayvonlarning qon yoki tana suyuqliklari bilan bevosita aloqada bo‘lish;
➖Kasallangan inson bilan bevosita aloqada bo‘lish (xususan, tibbiy xodimlar uchun).
🔶 Fuqarolar uchun MUHIM tavsiyalar:
➖Chorva hayvonlariga ishlov berayotganda maxsus kiyim va qo‘lqop kiyish;
➖Hayvonlar tanasida ixotalar mavjudligini kuzatib borish va ularni o‘z vaqtida yo‘qotish;
➖Ixota (kana) chaqishi holatida darhol tibbiy muassasaga murojaat qilish;
➖Bolalarni hayvonlar bilan nazoratsiz aloqaga qo‘ymaslik;
➖Qishloq xo‘jaligi ishchilari, veterinariya xodimlari, so‘yishxona va teri zavodi ishchilari ehtiyot choralariga alohida e’tibor qaratishi lozim.
🏥 Sizda bu belgilari bo‘lsa darhol shifokorga murojaat qiling:
❗️Tana haroratining keskin ko‘tarilishi;
❗️Qon ketish (burundan, milkdan yoki ichki a’zolardan);
❗️Qattiq bosh og‘rig‘i, holsizlik, mushak og‘riqlari;
❗️Ko‘zning oq qismida qizarish, terida toshmalar.
📢 UNUTMANG
Vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi — sog‘ligingizni saqlaydi.
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti uchun javobgarlikni his eting!
Hurmat bilan,
Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi rahbari Jo'rabek Xasanov
SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB)