Yangiliklar

2025-08-23

MUZQAYMOQ ISTE’MOL QILISH BORASIDAGI ZARUR TALABLAR VA FOYDALI TAVSIYALAR

topics-img

MUZQAYMOQ ISTE’MOL QILISH BORASIDAGI ZARUR TALABLAR VA FOYDALI TAVSIYALAR

‼️Muzqaymoqlar yozning issiq kunlarida insonlar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan, chanqovbosdi, ozuqaviy qiymatga ega sut mahsulotlaridan sanaladi.

📝Muzqaymoqlar belgilangan tartib-qoidalarga ko‘ra turg‘un va ko‘chma savdo nuqtalaridan sotilishiga ruxsat etiladi. Yumshoq (frezerli) muzqaymoqlar faqat turg‘un savdo nuqtalarida sotilishi shart.

BUNI YODDA TUTING!
✅Ko‘cha-ko‘ylarda, belgilanmagan joylarda sotilayotgan muzqaymoqlar, ayniqsa frezerli uskunalarda tayyorlangan muzqaymoqlarni xarid qilmang; 

✅erib qolgan, butunligi buzilgan muzqaymoqlarni sotishga ruxsat etilmaydi.

SALOMATLIK UCHUN JUDA MUHIM:
✅Xavfsizligi kafolatlanmagan, saqlash va savdo qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan muzqaymoqlarni iste’mol qilish natijasida, ovqatdan zaharlanishlar, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari kelib chiqishi mumkin;

✅ muzqaymoqlar sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari mavjud bo‘lganida savdo qilinishiga ruxsat etiladi. Qadoqlangan muzqaymoqlar talab etilgan haroratda muzlatkichlarda saqlanishi shart;

✅ muzqaymoq sotuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va maxsus kiyim bilan ta’minlanishlari shart;

✅ muzqaymoqlarni xarid qilishda ularni saqlash sharoiti, qadog‘i va undagi iste’mol muddatiga doimo e’tibor berish kerak.