Yangiliklar

2025-12-23

MUTAXASSISDAN TAVSIYALAR

topics-img

‼️ O‘zingiz va atrofdagilar sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarga gumon qilinsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling va quyidagilarga amal qiling:

🔹Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan og‘rigan barcha bemorlar isitma davrida albatta yoting va shifokorni uyga chaqiring; 
🔹 kasallikni oyoqda o‘tkazmang; 
🔹 shifokor maslahati va tavsiyalari asosida ish tuting;
🔹 agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o‘rin-ko‘rpa ajratilib, kam harakat qilishi lozim; 
🔹 bemorga qarayotganlar burun va og‘izini respirator yoki dokali niqob bilan to‘sishi va qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvib turishga e’tibor qarating;
🔹 bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tozalov ishlarini amalga oshiring;
🔹 ko‘proq suyuqlik – quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm bo‘ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qiling;
🔹 kasallangan davrda jamoat joylariga (ishxona, o‘qish, kinoteatlar, konsert zallari, yig‘ilishlar, mehmonga) bormang;
🔹  yo‘talganda va aksirganda og‘iz-burunni ro‘molcha bilan yoping.

‼️O‘zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og‘ir asoratlarga olib kelishini unutmang!

🌐Bizni kuzatishda davom eting!

🖥Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi

Yangiliklarni kuzatib boring


🔽🔽🔽 

|Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram