Kremli qandolat mahsulotlarini qanday saqlash kerak?
Saqlash harorati +2°C dan +6°C gacha bo‘lgan sovutkichda saqlanishi shart. Xona haroratida saqlash taqiqlanadi.
Saqlash muddati kremning turiga qarab o’zgarishi mumkin
📌Qaymoqli krem – 6 soatgacha
📌Smetanali krem – 6–12 soat
📌Oqsilli (belkoviy) krem – 36 soatgacha
📌Yog‘li (maslyanoy) krem – 72 soatgacha
Saqlash sharoiti
❗️Maxsus sovutkich vitrinalarida saqlanishi kerak
❗️Xom mahsulotlar (go‘sht, baliq, tuxum) bilan birga saqlanmaydi
❗️Ochiq holda emas, qopqoqli yoki yopiq idishlarda
Gigiyena talablari
⚠️Ishlovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shart
⚠️Qo‘lqop, bosh kiyim va maxsus kiyimda ishlash
⚠️Ish joyi va jihozlar toza va dezinfeksiya qilingan bo‘lishi kerak