Yangiliklar

2025-06-03

JO‘RABEK XASANOV - SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QO‘MITASINING SIRDARYO VILOYAT BOSHQARMASI BOSHLIGʻI OGOHLANTIRADI!

topics-img

Hurmatli fuqarolar!

Havo harorati keskin isib ketganligini hisobga olgan holda, Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi aholini ogohlantiradi:

‼️ Issiq ob-havo sharoitida tez tayyor bo‘luvchi, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Xususan:

➖norin, xasip, go‘shtli salatlar,

➖ayrоn, go‘ja,

➖stritfud turkumidagi (Shaurma, xot-dog, kebab, shashlik, tayyor kotlet, gamburger, chizburger, norin) uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar

❗️Yuqoridagi mahsulotlar issiqda to‘g‘ri saqlanmasa, ovqatdan zaharlanish, o‘tkir ichak infeksiyalari, dizenteriya, salmonellyoz kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin.

🔊AZIZ FUQAROLAR

➖Har qanday oziq-ovqatni faqat maxsus ruxsatga ega savdo nuqtalaridan sotib oling.

➖Ko‘chada, yo'l bo‘yida tayyorlangan mahsulotlardan saqlaning.

➖Oziq-ovqat sotuvchilar va tadbirkorlar sanitariya talablariga qat’iy amal qilsin.

➖Mahsulotlar saqlash muddati, harorati va tozaligiga e’tibor bering.


🔷Biz uchun aziz bo'lgan Sizni sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda – ehtiyot bo‘ling, nazoratsiz mahsulotlardan voz keching!