Yangiliklar

2025-12-22

GRIPP ASORATLARI

topics-img

Gripp — oddiy shamollash emas. O‘z vaqtida davolanmasa yoki kasallikka yengil qaralsa, quyidagi xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:

🔹 Pnevmoniya (o‘pka yallig‘lanishi)
Eng ko‘p uchraydigan va eng xavfli asorat. Nafas qisishi, yuqori harorat uzoq davom etishi bilan kechadi.
🔹 O‘rta quloq yallig‘lanishi (otit)
Bolalarda ko‘proq uchraydi. Quloqda og‘riq, eshitishning pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.
🔹 Bronxit
Quruq yo‘tal kuchayishi, nafas olish qiyinlashishi bilan kuzatiladi.
🔹 Sinusit
Burun yo‘llarining yallig‘lanishi, bosh og‘rig‘i va burun bitishi bilan kechadi.
🔹 Yurak faoliyati buzilishlari
Miyokardit va yurak urishining izdan chiqishi xavfi mavjud.
🔹 Immunitetning keskin pasayishi
Organizm boshqa infeksiyalarga nisbatan sezgirroq bo‘ladi.