📍Sirdaryo tumani Baxt shaharchasi – Dehqon bozorida
Sirdaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Sirdaryo tuman bo‘limi mutaxassislari hamda Sirdaryo tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi hodimlari bilan hamkorlikda "Dehqon bozorida" aholi iste’moli uchun mo‘ljallangan go‘sht mahsulotlari sifati o‘rganildi.
📌 Pokiston, Belarus va Mo‘g‘ulistondan keltirilgan muzlatilgan go‘sht mahsulotlari bozor hududida nazorat qilindi.
🔎O'rganish davomida bozor ma’muriyati va xodimlari ishtirokida ularning sifat ko‘rsatkichlari tekshirildi hamda belgilangan sanitariya-me’yorlariga mosligi baholandi.
✅ Ushbu tadbir aholiga xavfsiz va sifatli oziq-ovqat yetkazib berilishini ta’minlashga qaratilgan.
Ma'lumot uchun: Go‘sht mahsulotlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyenik talablar:
➖Go‘sht faqat maxsus tashkil etilgan, veterinariya nazoratidan o‘tgan so‘yilgan hayvonlardan olinishi kerak.
➖Har bir go‘sht mahsuloti veterinariya-sanitariya hujjatlari bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Sotish sharoiti
➖Go‘sht faqat maxsus sovitkichli vitrinalarda, sanitariya talablariga javob beradigan savdo shoxobchalarida sotilishi kerak.
➖Qo‘lda, yo‘l yoqasida, quyosh ostida yoki antisanitar holatda sotilishi qat’iyan man etiladi.
Saqlash
➖Go‘sht mahsulotlari 0°C dan +4°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi lozim.
➖Mahsulotlar yaxshilab qoplangan, chang va hasharotlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Gigiyena va sanitariya jihatdan
➖Savdoda ishtirok etuvchi shaxslar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiluvchi bo‘lishi shart.
➖Qo‘lqop, xalat, bosh kiyim kabi maxsus himoya vositalaridan foydalanish zarur.
Tashish sharoiti
➖Go‘sht mahsulotlari maxsus gigiyenik talablarga mos transportda, sovitkichli sharoitda tashilishi kerak.
Muddat va belgilash
➖Mahsulotlarning ishlab chiqarilgan sana va amal qilish muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
➖Yaroqlilik muddati o‘tgan, tashqi ko‘rinishi va hidi o‘zgargan mahsulotlarni sotish mumkin emas.
#Sanepid #Yuqumli_kasallik #Sirdaryo #Profilaktika #Salomatlik #Sanitariya