🦠 Kuydirgi — hayvonlardan odamga yuqadigan xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, o‘z vaqtida chora ko‘rilmasa, jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin!
🔍 YUQISH YO‘LLARI:
• Kasallangan hayvonlar bilan bevosita aloqa
• Notozalangan go‘sht va chorvachilik mahsulotlari
• Zaharli chang, tuproq orqali (asosan teri, nafas va ovqat yo‘li bilan)
✅ PROFILAKTIKA CHORALARI:
🔹 Chorva hayvonlarini yiliga bir marotaba majburiy emlash
🔹 Kasallangan hayvonlar go‘shtini iste’mol qilmaslik va yo‘q qilish qoidalariga amal qilish
🔹 Noto‘g‘ri so‘yilgan hayvon go‘shti yoki terisini ishlatmaslik
🔹 Hayvonlar o‘limi holatlarini zudlik bilan veterinariya xizmati va sanitariya organlariga xabar qilish
🔹 Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish
📌 ESLATMA: Kuydirgi belgilari (teri yarasi, isitma, kuchli holsizlik) sezilsa, darhol shifokorga murojaat qiling!
🛑 Sog‘ligingiz o‘z qo‘lingizda – ehtiyotsizlik hayotingizga xavf tug‘dirmasin!
#Sanepid #Kuydirgi #Profilaktika #Sirdaryo