10% li xlorli ohak tayyorlash: 1 kg xlorli ohak, 10 l suv, emal idish, qoʻlqop, yogʻoch kurak.
🔷Harakat algoritmi:
1. Qoʻlqop, respirator kiyiladi.
2. 1 kg quruq ohak emal idishga solinadi, suv miqdorining yarmini solinib aralashtiriladi va suvning qolgan miqdori solinadi.
3. Yogʻoch kurak bilan aralashtiriladi.
4. Emal idish qopqoq bilan yopiladi va 24 soatga qorongʻi joyga qoʻyiladi.
5. 24 soatdan keyin tindirilgan ohak eritmasi idishlarga solinadi. Amal qilish muddati 7- kun.
🔷Xlorli ohakning ishchi eritmasi.
1. Ishchi eritma har kuni tayyorlanadi.
2. 1% li eritma-1 l 10 % li xlorli ohakka 9 l suv solinadi.
3. 3% li eritma-3 l 10 % li xlorli ohakka 7 l suv solinadi.
🔷Xloramin eritmasini tayyorlash
1. 1%-990 ml suvga 10 gr xloramin qoʻshiladi.
2. 3%-970 ml suvga 30 gr xloramin qoʻshiladi.
3. 300 gr xloraminga 9700 ml suv qoʻshiladi.
⁉️ESLATMA
1. Dezinfeksiyalovchi eritma solingan idishga tayyorlangan vaqti, % i yozib qoʻyiladi.
2. Dez.eritma- alohida xonada tayyorlanadi va saqlanadi.
3. 10 % li xlorli ohak eritmasi 7-10 kun qorongʻi joyda saqlash va ishlatish mumkin.
4. Ishchi eritma har kuni tayyorlanadi.
5. Xloramin eritmasi ishlatishdan oldin tayyorlanadi.
6. Dez.eritma teriga yoki shilliq pardaga tushsa, darhol oqar suvda yuvilada.