Yangiliklar

2025-07-17

❓BSJ vaksinasi qanchalik muhim?

topics-img

#foydali

❓BSJ vaksinasi qanchalik muhim?

BSJ (BCG) vaksinasi - bu bolalarni sil kasalligidan himoya qilish uchun ishlatiladigan vaksina. Sil kasalligi - Mycobacterium tuberculosis bakteriyasi qo'zg'atadigan yuqumli kasallik bo'lib, asosan o'pkaga ta'sir qiladi, lekin boshqa organlarga ham tarqalishi mumkin.

⁉️Nega BSJ vaksinasi muhim?

BSJ vaksinasi bolalarni sil kasalligining og'ir shakllaridan, masalan, sil meningitidan (miya qobig'ining yallig'lanishi) va tarqalgan sil kasalligidan himoya qiladi. Ushbu shakllar, ayniqsa, chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalar uchun juda xavfli bo'lishi mumkin.

⚠️BSJ vaksinasi qachon qilinadi?

O'zbekiston Respublikasi Milliy emlash kalendariga muvofiq, BSJ vaksinasi bolalarga tug'ruqxonada, hayotining 2-5 kunida qilinadi.

Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq boʻlmang!

SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB)

🔽🔽🔽