Yangiliklar

2025-12-30

Botulizm o’limga olib keladi(mi?)

topics-img

Botulizm kasalligi asosan uy sharoitida tayyorlangan baliq, gósht, meva va sabzavot konservalarini isteʼmol qilish oqibatida yuzaga keladi. Aholi oʻrtasida botulizm bilan xastalanish, asosan, noyabr oyidan boshlanib, may oyigacha, ya'ni, uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarni isteʼmol qilish davrida qayd etiladi.

Kasallikning klinik belgilari to’satdan boshlanadi. Botulizm holsizlanish, bosh og’rig’i, og’iz qurishi bilan boshlanadi. Ba'zida bemorda ko’ngil aynishi hamda bosh aylanishi ham kuzatiladi. 

Kasallikka chalinmaslik uchun bozorlar va aholi gavjum bo‘ladigan joylarda fuqarolar tomonidan uy sharoitlarida tayyorlanib, noqonuniy ravishda sotilayotgan, sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat va konserva mahsulotlarini xarid qilmang!