Yangiliklar

2025-07-03

🌡Anomal issiqda nima qilish kerak?

topics-img

Tonggi quyosh nurlarining inson salomatligiga foydasi bor. Ammo kunning qolgan qismida quyoshdan ajralib chiqayotgan ultrabinafsha nurlar inson tanasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 

Kunning qolgan qismida quyoshning zararli nurlaridan qanday saqlanish mumkin?

Harorat ko‘tarilganda issiqdan panaga o‘ting. 

Havo o‘tkazadigan, och rangdagi kiyim kiyish tavsiya etiladi. 

Bosh kiyimni ham kiyishni unutmaslik kerak.

Ko‘p suv ichish – suv ichish organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi. 

Tez-tez dush qabul qiling.

Jazirama issiqda sovuq ovqatlar, ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Issiq havoda suyuqlik iste’mol qilishni ko‘paytirish kerak. Qaynatilgan ichimlik suvi iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir.

Jazirama issiqda soat 12.00 dan 16.00 ga qadar ko‘chaga chiqmaslik va ochiq quyoshda yurmaslik tavsiya etiladi. Issiq urishidan himoyalanish uchun surtmalardan foydalaning. Bu sizning teringizni kuyishdan saqlaydi.

O’zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo’lmang!

SanEpid qo'mita Sirdaryo viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati (https://t.me/Sirdaryo_viloyatiSEOvaJSB)