AKDC-difteriya, ko'kyo'tal, qoqsholga qarshi vaksina
Difteriya - o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, kasallikni birinchi navbatda tomoq va yuqori nafas yo'llarini yallig'lash bilan birga, toksin ishlab chiqarib, boshqa organlarni zararlovchi difteriya tayoqchalarini keltirib chiqaradi.
Ko'kyo'tal – bu havo-tomchi orqali yuquvchi, asosan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar kasallanadigan, yuqori nafas yo'llarining bakterial yuqumli kasallik. Ko'kyo'talning asosiy klinik belgisi o'ziga xos xurujli spazmatik yo'tal bilan kechishidir.
Qoqshol - asab tizimiga zarar etkazib, skelet muskullarini tonik kuchlanishi va umumiy talvasalar bilan kechadigan bakterial o'tkir, o'ta xavfli yuqumli kasallik. Bakteriya ajratib chiqaradigan toksin o'limga olib keluvchi mushaklarni og'riqli tirishishlarini keltirib chiqaradi.
Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni emlash kalendariga muvofiq oʻz vaqtida emlashni unutmang.