O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Sirdaryo viloyat boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
🔷Mazkur memorandum doirasida tomonlar aholining sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish, xonadon va ko‘chalarni obodonlashtirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy va reproduktiv salomatlikni targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
🔷Shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida konferensiya, seminar-trening va davra suhbatlarini tashkil etish, tibbiyot xodimlari orasida siyosiy faollik bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishga oid tadbirlarni o‘tkazish hamda sohaga doir qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
— “Biz tibbiyot sohasini siyosiy bahs ob’yekti emas, balki umummilliy manfaat deb bilamiz. Sog‘lom jamiyatni barpo etishda tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikni mustahkamlash – partiyamizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”, — dedi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi - Jamol Komilov
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i - Jo'rabek Xasanov fuqarolar salomatligini asrash hamda sanitariya-gigiyena talablarini yanada targ'ib etish kerar ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, hamkorlik memorandumi ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratdi.
— “Bizning asosiy vazifamiz — aholiga sifatli tibbiy xizmatni o‘z vaqtida ko‘rsatish hamda jamoat salomatligini mustahkamlashdir, — dedi boshqarma boshlig'i.
O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi mamlakatda aholi salomatligini saqlash, sanitariya-gigiyena madaniyatini yaxshilash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu hamkorlik, jamiyatning barqaror rivoji va sog‘lom kelajagi yo‘lida muhim qadam sanaladi.
#Sanepid #Sirdaryo #Adolat #Partiya #Hamkorlik #Memorandum