Yangiliklar

2025-07-28

28-iyul – Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni

topics-img

Har yili 28-iyul sanasida butun dunyoda gepatit kasalligiga qarshi kurashish, aholining xabardorligini oshirish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni nishonlanadi.

📌 Gepatit — jigarni zararlovchi yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, A, B, C, D va E turlari mavjud. Ularning ayrim shakllari og‘ir asoratlarga, jumladan jigar sirrozi va jigar saratoniga olib kelishi mumkin.

📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 350 milliondan ortiq inson surunkali gepatit B yoki C virusi bilan yashamoqda.

🛡 Gepatit A va B turlariga qarshi emlash mavjud bo‘lib, u kasallikning oldini olishda eng samarali vositalardan biridir. Gepatit C esa zamonaviy davo usullari orqali to‘liq davolanadi.

✅ Kasallikning oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish zarur: 

➖Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
➖Steril tibbiy asboblardan foydalanish;
➖Xavfsiz qon quyish amaliyotlarini ta’minlash;
➖Virusga qarshi emlanish;
➖O'z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish.

📍 Ushbu sana munosabati bilan fuqarolarni gepatit virusi bor-yo‘qligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvlardan o‘tishga, sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaslikka chaqiramiz.

🟢 Sog‘lom turmush tarzi – gepatitga qarshi eng samarali kurashdir!

#Sanepid #Sirdaryo #Vaksinatsiya #Emlash #Salomatlik